Xizmatlar sohasining YaIMdagi ulushi oshdi

Davlat statistika qoʼmitasi maʼlumotlariga koʼra, 2022-yilning yanvar-sentabr oylarida xizmatlar sohasining yalpi ichki mahsulot (YaIM)dagi ulushi 40,3 % ni tashkil etdi. Bu koʼrsatkich oʼtgan yilning mos davrida 39 % ni tashkil etgan edi.

Taqqoslash uchun, joriy yilda xizmatlar sohasining YaIMdagi ulushi oʼtgan yilning mos davriga nisbatan 1,3 % ga oshgan.