Xorazm viloyatining OАV va blogerlar hamjamiyati vakillari bilan uchrashuv tashkil etildi

Oʼzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʼrinbosari - Investitsiyalar va tashqi savdo vaziri S.Umurzakov hamda Xorazm viloyati blogerlari va mustaqil jurnalistlari o’rtasida uchrashuv bo’lib o’tdi.

Uchrashuv davomida tadbirkorlar faoliyatida duch kelinayotgan dolzarb masalalar, shuningdek, viloyatda investitsiyaviy jozibadorlik va ishbilarmonlik muhitini yuksaltirish masalalari yuzasidan fikr almashildi. OАV vakillari va blogerlar ishbilarmonlik muhitini yaxshilash, shuningdek, tadbirkorlikni qoʼllab-quvvatlash va rivojlantirish boʼyicha oʼz takliflarini bildirdilar.

Shuningdek, uchrashuv yakunida dolzarb mavzu va masalalar boʼyicha muntazam muloqot va fikr almashinishni davom ettirish maqsadida Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligining jurnalistlar va blogerlar bilan oʼzaro hamkorligiga yoʼnaltirilgan doimiy faoliyat yurituvchi platformani tashkil etish istiqbollari qayd etildi.