«Xorazmdagi jabrlangan qizlar xavfsizligi ta'minlandi» - Saida Mirziyoyeva

Urganch shahridagi mehribonlik uyida mansabdor shaxslar bilan jinsiy aloqa qilishga majburlangan uch nafar tarbiyalanuvchi qizlar xavfsizligi ta’minlandi. Bu haqda Prezident Administratsiyasi ijro apparati sektor mudiri Saida Mirziyoyeva ma’lum qildi.

«Ularning xavfsizligi, ruhiy va jismoniy tiklanishi hozirda ustuvor masala. Shu bilan bir vaqtda bu kabi vaziyatlarda harakat qilish va, eng asosiysi, ularning oldini olish tizimini yaratish ustida ishlashimiz kerak. Qonunlarni qat’iylashtirish va zo‘ravonlikka mutlaq toqatsizlik normalarini yaratish vaqti keldi. Barcha darajalarda.

Bu vaziyatda menga umid bag‘ishlaydigan birdan-bir jihat borki, u ham bo‘lsa oshkoralik va fuqarolik jamiyatining ovozi. Ehtimol, busiz atrofda bo‘layotgan voqelardan ojizlarcha bexabar bo‘lib qolardik.» - deb takildladi Saida Mirziyoyeva.

Shuningdek u ushbu vaziyat bo'yicha fuqarolik pozitsiyasini bildirgan barcha OAV va faollarga minnatdorlik bildirdi.

«Zo‘ravonlik doim bo‘lgan, lekin aynan hozir ochiqlik tufayli ushbu hodisa haqida baland ovoz bilan gapiryapmiz va bunga qarshi kurashish uchun real resurslarimiz paydo bo‘ldi.

Befarq bo‘lmay, bu keys yuzasidan fuqarolik pozitsiyasini bildirgan barcha OAV va faollarga minnatdorlik bildiraman. Amalda ishlaydigan odil sudlov tizimini yaratish yo‘lida birlashsak, kuch bo‘lamiz!» -deydi Mirziyoyeva.

Eslatib o'tamiz, avvalroq Xorazmda sud mehribonlik uyining voyaga yetmagan tarbiyalanuvchilarini ular bilan jinsiy aloqa qilishga majburlagan amaldorlarga
1 yil 6 oy muddatga ozodlikni cheklash (uy qamog'i) tarzidagi jazo tayinlagan.i haqida xabar bergan edik.

Ushbu vaziyatdan so'ng Prezident administratsiyasi rahbari oʻrinbosari Komil Allamjonov pedofillarga nisbatan kimyoviy kastratsiya jazosini qo‘llash yuzasidan qonunchilikga o‘zgartirish kiritish vaqti kelganligini ta'kidlagan.