Xorij fuqarolari ham farzandlarini maktabga onlayn joylashtirishi mumkin

Endilikda O’zbekiston Respublikasi hududida doimiy yoki vaqtincha yashayotgan chet el fuqarolari ham farzandlarini maktabga joylashtirish uchun masofadan ariza bera oladilar. Bu haqida My.gov.uz portalida ma'lum qilindi. Ta’kidlanishicha xizmatdan foydalanish bepul.
Ta'kidlanishicha, ushbu xizmatdan foydalanish uchun chet el fuqarolaridan quyidagilar talab qilinadi:
o’zi va farzandiga JSHSHIR olish;
bolaning fan baholari qo’yiladigan hujjati va uning o’zbek tilidagi tarjimasi;
bolaning sog’ligi to’g’risida ma'lumotnoma.
Qayd etilishicha, agar arizani bolaning ota-onasi o’rniga qonuniy vakil topshirsa, buni tasdiqlovchi hujjat ham ilova qilinadi.






