Xorijda tahsil olayotgan talabalarimiz soni qariyb 86 ming nafarga yetdi

2021-yilning 1-yanvar holatiga, YuNESKOning statistika instituti maʼlumotlariga koʼra, xorijda tahsil olayotgan Oʼzbekistonlik talabalar soni 85,9 ming nafarni tashkil etgan. Shuningdek, xorijiy davlatlarda tahsil olayotgan Oʼzbekistonlik talabalar soni bir yil ichida qariyb 33 ming nafarga ortgan.
Ushbu koʼrsatkich boʼyicha Qozogʼiston Respublikasi 90,3 ming nafar talaba bilan mintaqada yetakchilik qilmoqda. Dunyo miqyosida esa, Xitoy Xalq Respublikasi 1,1 mln. talabasi xorijda tahsil olishi bilan mutlaq yetakchilik qilmoqda.
Mintaqadagi ayrim davlatlar boʼyicha xorijda tahsil olayotgan talabalar soni:
Qozogʼiston – 90,3 ming nafar;
Oʼzbekiston – 85,9 ming nafar;
Ukraina – 79,9 ming nafar;
Turkmaniston – 68,2 ming nafar;
Rossiya – 57,6 ming nafar;
Аfgʼoniston – 31,9 ming nafar;
Tojikiston – 28 ming nafar;
Belarus R. – 24,5 ming nafar;
Qirgʼiz R. – 13,3 ming nafar.






