Xorijiy diplomatlar Orolbo‘yi ekotizimi bilan tanishishmoqda

TIV rahbari Baxtiyor Saidov diplomatik korpus bilan birgalikda Qoraqalpogʻiston Respublikasining Moʻynoq shahriga keldi. Bu yerda xorijiy diplomatlar Orolbo‘yi ekotizimini tiklash bo‘yicha olib borilayotgan ishlar bilan tanishmoqda. Bu haqda TIV matbuot xizmati xabar berdi.

Qayd etilishicha, xorijiy diplomatik vakolatxonalar rahbarlari uchun mazkur ilk tashrif Orolbo'yida atrof-muhitni tiklash va barqaror rivojlanishni ta'minlash borasida O‘zbekiston Hukumati tomonidan amalga oshirilayotgan saʼy-harakatlar bilan xorijiy hamkorlarni tanishtirishdan iborat.

Qayd etilishicha, O‘zbekiston chang va zaharli tuzlar tarqalishining oldini olish maqsadida Orol dengizining qurigan tubida 1,73 million gektar maydonda yashil hudud barpo etish bo‘yicha dunyodagi eng yirik ekologik loyihalardan biri tashabbusi bilan chiqdi.

Ma'lum qilinishicha, “sahro o‘rmoni” maydoni kundan-kunga kengayib bormoqda.