Xotin-qizlarning jamiyatdagi roli

Bugun, 27-iyul kuni Oliy Majlis Senatida Xotin-qizlarning jamiyatdagi rolini oshirish, gender tenglik va oila masalalari boʼyicha Respublika komissiyasining majlisi boʼlib oʼtmoqda.

Mazkur majlisga, O'zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati Raisi, Respublika komissiyasi raisi Tanzila Narbayeva rahbarlik qilmoqdalar.

Majlis kun tartibida qayd etilishicha, bugun, Oila va xotin-qizlar davlat qoʼmitasi raisining “2022 — 2026 yillarda xotin-qizlarning mamlakat iqtisodiy, siyosiy va ijtimoiy hayotining barcha jabhalarida faolligini oshirish boʼyicha Milliy dasturni 2022-2023-yillarda amalga oshirishga qaratilgan kompleks chora-tadbirlar rejasi”da belgilangan vazifalar ijrosining borishi yuzasidan axborot eshitilishi va O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 7-martdagi PF-87-sonli Farmonida belgilangan vazifa va topshiriqlar ijrosining borishi haqida muhokamalar olib borilishi kutilmoqda.