Xususiy bogʼchalarga eʼtibor yanada kuchayadi

Prezident Shavkat Mirziyoev 24 may kuni hududlarda maktabgacha taʼlim muassasalari qamrovini kengaytirish masalalari muhokamasi yuzasidan yigʼilish oʼtkazdi. Bu haqda president.uz sayti yozmoqda.

Endilikda bog'cha tarbiyalanuvchilari soni ikki barobar oshiriladi.

Oilaviy bogʼchalarga oʼquv qoʼllanma va metodik materiallarni bepul yetkazib berish uchun davlat tomonidan jami 30 milliard soʼm ajratiladi.

Zarur jihozlar bilan taʼminlash uchun 5 foiz stavkada 30 million soʼmgacha imtiyozli kreditlar beriladi.

Davlat-xususiy sheriklik asosidagi bogʼchalardagi bola uchun subsidiya miqdorini 50 foizdan 75 foizga yetkaziladi.

Xususiy bogʼchalarning elektr energiyasi va tabiiy gaz toʼlovining 50 foizini davlat byudjetidan qoplanadi.