Xususiy mol-mulkni sotishdan olinadigan daromadlarga soliq solinmaydi

Qonunchilikka ko'ra, soliq to'lovchilarga xususiy mulk huquqi asosida tegishli bo'lgan mol-mulkni sotishdan olinadigan daromadlarga soliq solinmaydi.

Bundan quyidagilarni sotishdan olingan daromadlar mustasno:

qimmatli qog'ozlarni (bundan fond birjasida realizasiya qilinadigan emissiyaviy qimmatli qog'ozlar mustasno), yuridik shaxslarning ustav fondidagi (ustav kapitalidagi) ulushlarini (paylarini);
noturar joylarni;
36 kalendar oydan kam muddatda soliq to'lovchining mulkida bo'lgan turar joylarni.