Xususiy mulk himoyasini taʼminlash uchun zarur boʼlgan konstitutsiyaviy kafolatlar kuchaytiriladi

“Taraqqiyotning koʼp asrlik tajribasi shuni koʼrsatadiki, xususiy mulksiz, uning ishonchli kafolatisiz kuchli ijtimoiy davlatni qurib boʼlmaydi. Shu bois, Bosh qomusimizda xususiy mulk himoyasini taʼminlash uchun zarur boʼlgan konstitutsiyaviy kafolatlarni kuchaytirishimiz lozim. Toki, katta-kichikligidan qatʼiy nazar, har bir tadbirkor doimo davlat, Konstitutsiya, qonunlar hamda Prezident himoyasida ekanini amalda his qilsin”,- Prezident.
Rivojlangan davlatlardagi kabi, shunday tartib oʼrnatilishi lozimki, mulkdor sud qarorisiz, oʼzining roziligisiz, adolatli tovon pulisiz, mulkidan mahrum etilmasin.
Shu bilan birga, davlat tasarrufidan chiqarish va xususiylashtirish natijalari qayta koʼrib chiqmaslik hamda bekor qilmaslik masalasini ham Konstitutsiyaviy qoida sifatida belgilashning vaqti-soati keldi, deb oʼylayman.
Iqtisodiyotimizni harakatga keltiruvchi asosiy kuch boʼlgan tadbirkorlikning rivojlanishi yoʼlidagi barcha toʼsiq va gʼovlarni olib tashlashimiz zarur",- deya ta’kidladi davlatimiz rahbari.






