Yakshanba kungi Olimpiya o'yinlarida jami 11 nafar atletimiz ishtirok etadi

25-iyul kungi yozgi Olimpiya o‘yinlarida vakillarimiz bir nechta medallarni qo‘lga kiritish imkoniyatiga egalar.
Quyida 25-iyuldagi O'zbekiston ishtirokchilari va ularning raqiblari ro'yxati keltirilgan.
Veloshosse soat 09:00da
Olga Zabelinskaya – yakkalik poyga, final
Sport gimnastikasi soat 06:00da
Oksana Chusovitina – ko‘pkurash, saralash
Akademik eshkak eshish soat 05:00dan 09:30gacha
Shaxboz Xolmirzayev/Sobir Safaraliyev – juftlik, o‘tish bosqichi
Dzyudo soat 07.00dan 15.50gacha
Erkaklar (-66 kg): Sardor Nurillayev – Denis Viyeru (Moldova)
Ayollar (-52 kg): Diyora Keldiyorova – Sosorbaram Lxagvasuren (Mongoliya)
Boks, ayollar (-51 kg)
Soat 07.00: Tursunoy Rahimova – Sandra Drabik (Polsha)
Boks, erkaklar (-63 kg)
Soat 14.18: Elnur Abduraimov – Chinzorig Baatarsux (Mongoliya)
Boks, erkaklar (-81 kg)
Soat 16.42: Dilshod Ro‘zmetov – Emme Brennan (Irlandiya)
Taekvondo WTF, soat 06:14-15:00
Erkaklar (-68 kg): Ulug‘bek Rashitov – Seydu Fofana (Mali)
Og‘ir atletika soat 15:50da
Erkaklar (-67 kg), final. Adhamjon Ergashev
Musobaqalar Toshkent vaqti bilan boshlanadi.
Umid qilamizki, sportchilarimiz yakshanba o'yinlarida raqiblarini mag'lub etib, medallarni qo'lga kiritishadi.






