Yalpi ichki mahsulot hajmi 888,3 trln soʼmni tashkil etdi

2022-yilda Oʼzbekistonda yalpi ichki mahsulot (YaIM) hajmi joriy narxlarda 888,3 trln soʼmni tashkil etdi. Bu koʼrsatkich 2021-yil bilan taqqoslaganda 5,7 % ga oʼsgan.

Bu haqda Statistika agentligi xabarida qayd etilgan.

Shuningdek, qayd etilishicha, 2022-yilda aholi jon boshiga hisoblangan YaIM hajmi joriy narxlarda 24,9 mln. soʼm (2 255 АQSh dollari)ni tashkil etib, 2021-yil bilan taqqoslaganda 3,5 % ga oshgan.