Yalpi majlis davom etmoqda

Bugun, 5-avgust kuni, Oliy Majlis Senatining yigirma toʼqqizinchi yalpi majlisi oʼz ishini davom ettirmoqda.
Unda Senat, hukumat aʼzolari, vazirlik va idoralarning vakillari, Senat huzuridagi Yoshlar parlamenti aʼzolari hamda ommaviy axborot vositalari xodimlari qatnashmoqda.
Videokonferensaloqa tarzida oʼtkazilayotgan yalpi majlisni Oʼzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati Raisi Tanzila Narbayeva olib bormoqda.






