«Yamal» aviakompaniyasi Toshkent va Namanganga parvozlarni yo‘lga qo‘yadi

Domodedovo aeroporti matbuot xizmati xabariga ko’ra, Rossiyaning “Yamal” aviakompaniyasi Moskvadan Toshkent va Namanganga parvozlarni yo‘lga qo‘yadi.

Qayd etilishicha, Moskva—Toshkent—Moskva yo‘nalishidagi parvozlar 14-sentabrdan boshlab haftada ikki marta — dushanba va chorshanba kunlari amalga oshiriladi.

Moskva—Namangan—Moskva yo‘nalishidagi aviqatnovlar esa 17-sentabdan boshlanib, har shanba amalga oshiriladi.

P.S. Aviakompaniya tarkibida Sukhoi SuperJet 100-95LR, 8 Airbus А-320, 3 Airbus A-321, 2 CRJ-200LR, 1Challenger 850 va 2 L-410 samolyotlari bor.