Yamanda ehson tarqatish vaqti qariyb 80 kishi vafot etdi

Kecha, 19-aprel kuni Yaman poytaxi Sano shahrida mahalliy savdogarlarning tarqatgan xayriyasini olishga shoshilgan muhtoj aholi orasida tiqilinch yuzaga kelib o‘nlab odamlar qurbon bo‘ldi.

“Reuters” ma'lumotlariga ko'ra, odamlar 5000 Yaman riali ya'ni taxminan 9 dollar miqdoridagi xayriya uchun maktabga to'planishgan.

“Al-Masirah” nashrining xabar berishicha, 78 kishi halok bo'lgan va o'nlab insonlarning ahvoli og‘ir.

Yaman Ichki ishlar vazirligi bayonotiga ko‘ra, voqea joyiga politsiya va qutqaruv guruhlari yetib kelgan. Vafot etganlar va jarohatlanganlar shifoxonalarga olib ketilgan. Xayriya tashkilotchisi boʻlgan ikki savdogar esa hibsga olingan.