Yandeks ko’plab mamlakatlardagi biznesiga sarmoya kiritishni to‘xtatadi

“Yandeks” O’zbekiston va boshqa davlatlarda o‘z biznesiga rejalashtirilgan investitsiyalarni qisqartiradi yoki umuman to‘xtatadi.
Bu haqda kompaniyaning 2021-yil yakunlari bo‘yicha hisobotida aytilgan.
“Yandeks”ning qayd etishicha, guruhning birorta kompaniyasi yoki uning rahbarlari AQSH, Yevropa Ittifoqi yoki Buyuk Britaniya tomonidan kiritilgan sanksiyalar nishoniga olinmagan.
Ammo Rossiyada sanksiyalar, rublning qadrsizlanishi va salbiy iste’molchi kayfiyati natijasida uzoq davom etgan iqtisodiy tanazzul uning moliyaviy ahvoli va faoliyati natijalariga jiddiy salbiy ta’sir ko‘rsatishi mumkin.
Ma’lumot o’rnida:
Yandeksning O‘zbekistonda bir nechta loyihalari mavjud;
Yandeks O‘zbekistonga rasman faoliyatini 2019-yilda Toshkentda taksiga buyurtma berish xizmatini ishga tushirgandan so‘ng boshlagan;
Keyingi yillarda kompaniya yurtimizda “Xaritalar”, “Navigator” va “Panoramalar” kabi jami 30 ga yaqin xizmatlarni ishga tushirgan.






