«Yandex Go» xizmati Oʻzbekistonning yana uchta shahrida ishga tushadi

Oʻzbekiston bozorida 2018-yilda ishga tushirilgan “Yandex Go” xizmati hozirda mamlakatning 8 ta shahrida mavjud. Shuningdek, ma’lum qilinishicha tez orada “Yandex Go” faoliyati Oʻzbekistonning Nukus, Qarshi va Urganch shahrida yo’lga qo’yiladi.
Bu haqda Samarqanddagi “ICTWeek 2022” doirasida kompaniyaning MDHda rivojlanish boʻyicha direktori Kirill Svintsov maʼlum qilgan.
“Biz yangi shaharlarda sayohat qilishning arzon va qulay usulini ishga tushirishda davom etamiz. Yaqin oylarda Nukus, Qarshi va Urganch shaharlari aholisi bizning ilovamizdan foydalanishlari mumkin boʻladi” – deya ta’kidlagan Svintsov.
Taʼkidlanishicha, kompaniya xizmat haydovchilar va foydalanuvchilar uchun oʻzining xavfsizlik texnologiyalari ustida ishlashda davom etadi. Joriy yilning yoz boshida buyurtmalar boʻyicha tezlikni avtomatik nazorat qilish xizmati ishga tushirildi.
Haydovchi servis buyurtmasini bajarganida, texnologiya uning yoʻlini kuzatish va harakat tezligini aniqlash uchun GPSdan foydalanadi.






