Yandex "Yandex.Zen" va "Yandex.Novosti"ni sotishni rejalashtirmoqda

Yandex “Yandex.Zen” blog platformasi va “Yandex. Novosti” yangiliklar agregatorini sotish rejalarini tasdiqladi. “Kompaniya asosiy e’tiborini o‘zining boshqa texnologik xizmatlari (jumladan, qidiruv, reklama biznesi, dron va bulutli texnologiyalar) va tranzaksiya xizmatlarini (taksi, elektron tijorat, media xizmatlari) rivojlantirishga qaratmoqchi”, deyiladi Yandex xabarida.
Yandex "turli strategik variantlarni, jumladan, sotishni" o'rganmoqda, biroq sotuvga kafolat bera olmaydi, chunki kelishuvga Rossiya iqtisodiyoti va biznesiga ta'sir qiluvchi "makroiqtisodiy va geosiyosiy hodisalar" ta'sir qilishi mumkin.
Yandex haqida ma’lumot:
Yandeks tashkil etilgan sana 23-sentyabr hisoblanadi. 1997-yili aynan shu kunda sistema birinchi marta Moskvadagi ko‘rgazmada namoyish etilgan.
“Yandex“ so‘zi Yandeksning rasmiy yaratilgan kunidan oldin paydo bo‘lgan. Nom 1993-yilda Arkadiy Voloj va Ilya Segalovich tomonidan ixtiro qilingan, u dastlab kompaniya yoki qidirish tizimini emas, balki shaxsiy serverdagi qidiruv texnologiyalarini anglatgan.
Birinchi Yandeks dizayni burchak ostida yaratilgan va egri ko‘rinishga ega bo'lgan. Uni hatto bemalol skaner qilish ham qiyin edi.
2000-yilda Yandeks televizion reklamani yo‘lga qo‘ygan birinchi Rossiya internet-biznesi bo‘lgan va reklama uchun “Hamma narsa topiladi!“ iborasi tanlangan. Bu ibora keyinchalik kompaniyaning shioriga aylangan.






