Yandex.Zen xorijiy foydalanuvchilar uchun kontentga kirishni chekladi

"Yandex.Zen" platformasi xorijiy foydalanuvchilar uchun kontentga kirishni chekladi - endi u faqat Rossiyadagi akkaunt egalari uchun mavjud bo'ladi.
“Endi Yandex.Zen faqat Rossiyadagi foydalanuvchilar uchun mavjud bo'ladi - ular tasmada faqat o'zlari obuna bo'lgan mualliflarni kuzatadi. Kontent hajmining ortib borayotgani va kontekstning sezilarli darajada o‘zgarib borayotgani sharoitida xorijiy mamlakatlar foydalanuvchilari uchun boshqa tillarda yuqori sifatli shaxsiylashtirishni ta’minlashning iloji yo‘q”, — deya ta’kidlagan Yandex.Zen vakili.
Shuningdek, 5-mart kuni platforma tavsiyalarni shaxsiylashtirish funksiyasini vaqtincha o‘chirib qo‘ygan edi.
Avvalroq, TikTok ijtimoiy tarmog‘I ham Ukrainadagi “maxsus harbiy operatsiya” haqidagi soxta xabarlar uchun jazo choralari to‘g‘risidagi qonun tufayli o‘zining videoservisda Rossiyadan jonli efirlarni to‘xtatayotgani va rossiyalik foydalanuvchilarning yangi kontentini vaqtincha joylashtirmasligini ma’lum qilgan edi.






