«Yangi Andijon» qanday quriladi?

O'zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev "Yangi Andijon shahrini qurish bo'yicha ishlarni samarali tashkil etish chora-tadbirlari to'g'risida" gi farmonni imzoladi.

"Yangi Andijon" ni qurish uchun Bosh vazir boshchiligidagi Respublika komissiyasi, shuningdek shtab va direktsiya tashkil etilmoqda.

Istisno tariqasida, to'g'ridan-to'g'ri shartnomalar asosida Turkiyaning KEYM kompaniyasi shahar uchun shaharsozlik hujjatlarini ishlab chiqishda ishtirok etadi. Loyihani moliyalashtirishning asosiy manbalari davlat va mahalliy byudjetlar, kompaniyalar, bank kreditlari va boshqa mablag'lar.