«Yangi Andijon» shahrini qurilishiga 100 million dollar ajratiladi

Prezident farmoniga binoan «Yangi Andijon» shahrini qurish uchun Tiklanish va taraqqiyot jamg'armasidan 100 million dollar begʻaraz asosda ajratiladi.

Ajratilgan mablag 'quyidagilarga yo'naltiriladi:

• 25 million dollar ekvivalentida ijtimoiy obyektlarni, shu jumladan, Andijon tibbiyot instituti inshootlarini qurish;
• 15 million dollar ekvivalentida yo'l o'tkazgichlari va yo'l infratuzilmasi inshootlarini qurish;
• 60 million dollar ekvivalentida aloqa tarmoqlari va muhandislik infratuzilmasini yaratish, loyihaviy ishlar, qurilish ishlari, boshqaruv va boshqa xarajatlar;
Shuni ham ta'kidlash joizki, mintaqada kichik va o'rta biznesni rivojlantirish maqsadida Andijon viloyati tijorat banklariga qo'shimcha 80 million dollar ajratiladi.