Yangi avlod darsliklari: 4K tamoyil, Estudy platformasi va yosh psixologiyasi

Qayd etilishicha, darsliklarning asosini 4K tamoyili – Tanqidiy fikrlash, Jamoaviy ishlash, Ijodkorlik (Kreativlik) va Muloqot qilish koʼnikmalarini rivojlantirish tashkil etadi.
Shuningdek, u faol oʼquv jarayoni uchun toʼliq materiallar toʼplami: darsliklar, mashq daftarlari, oʼqituvchilar uchun uslubiy qoʼllanmalarni oʼz ichiga oladi.
Estudy platformasi ham ushbu tizimga kiritilgan. U 300dan ziyod ongni oshiradigan oʼyinli vazifalarni oʼz ichiga oladi.
Kitoblar yosh psixologiyasini hisobga olgan holda, ishlab chiqilgan. Masalan, birinchi sinfda taʼlim jarayoniga koʼproq oʼyin orqali yondashiladi.
Eslatib o'tamiz davlatimiz rahbari biroz avval darsliklar taqdimoti bilan tanishdi.
Taqdimot davomida ishlab chiqilgan darsliklar bilan tanishish zonasi, asosiy darsliklarga qoʼshimcha ravishda ishlab chiqilgan raqamli manbalar taqdim etilgan texnozona, namunali sinf mavzular boʼyicha koʼrgazma zonasi tashkil etildi.






