Yangi elchilarni qabul qilish marosimi

Bugun Prezident Shavkat Mirziyoyev Ruminiya, Polsha, Tojikiston, Shveytsariya va Germaniyaning yangi tayinlangan elchilaridan ishonch yorliqlarini qabul qiladi.
Kunning ikkinchi yarmida Pokiston tashqi ishlar vaziri Shoh Mahmud Qurayshiy bilan uchrashuv bo'lib o'tadi, deya xabar beradi Prezident Administratsiyasi matbuot kotibi Sherzod Asadov.






