Yangi O'zbekiston majmuasi ochilish marosimi

Xabaringiz bor, Mustaqilligimizning 30 yilligiga atab Yangi O'zbekiston majmuasi barpo etilayotgan edi. Bugun ushbu bo'gning va Mustaqillik monumentining ochilishi bo'lib o'tmoqda.

Mustaqillikning 30 yilligiga bag‘ishlangan «Yangi O‘zbekiston» majmuasi va Mustaqillik monumentining ochilish marosimida O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev ishtirok etmoqda.

Bog‘ mazmuni milliy davlatchilik tarixi, xalqning bugungi intilishlari va Uchinchi Renessans maqsadlarini o‘zida mujassam etgan. 104 gektarlik bog‘ning umumiy ko‘rinishi Harakatlar strategiyasi yo‘nalishlariga monand daraxtning beshta shoxi shaklidadir. Bu yerda odamlar tabiat qo‘ynida dam oladigan so‘lim hududlar barpo etilgan.