"Yangi O'zbekiston" oliygohida fuqarolarimiz uchun yillik ta'lim narxi 50 million so'mni tashkil qiladi

Avval Prezident Shavkat Mirziyoyev tashabbusi bilan "Yangi O'zbekiston" universiteti tashkil etilgani haqida xabar bergan edik.
O'zbekistonlik talabalarga bir semestr uchun shartnoma (kontrakt) to'lovi miqdori 24 million 850 ming so'mni tashkil etadi. Xorijdan kelgan talabalar uchun esa kontrakt puli $ 5000 bo'ladi.
Shuni ta'kidlash kerakki, bu miqdordagi shartnoma to'lovi O'zbekistonda joylashgan Xalqaro Vestminster universitetining ta'lim narxiga tengdir.






