“Yangi O’zbekiston” va “Ashxobod” bog’lari faoliyati vaqtinchalik to’xtatildi

Xususan, "Yangi O'zbekiston" bog‘i 5-11-dekabr kunlari mehmonlarni qabul qilmaydi. Qayd etilishicha, shu kunlari bog‘da profilaktika ishlari olib boriladi. Shuningdek, shahar markazidagi "Ashxobod" sayilgohi ham ish faoliyatini vaqtinchalik to‘xtatdi.
Ma’lum qilinishicha, ushbu sayilgoh Yangi yil tayyorgarligi munosabati bilan 5-dekabrdan 15-dekabrgacha yopildi.






