«Yangi O'zbekiston – raqobatbardosh mahsulotlar yurti» dasturi amalga oshiriladi

“Tadbirkorlik subyektlarining eksport salohiyatini yanada kengaytirish chora-tadbirlari to'g'risida”gi Prezident Farmoni qabul qilindi. Farmonga ko’ra, eksportchi korxonalarni ochiq tanlov orqali saralab, ularni yetakchi eksportyorlarga aylantirish va har tomonlama qo'llab-quvvatlash bo'yicha “Yangi O'zbekiston – raqobatbardosh mahsulotlar yurti” dasturi amalga oshiriladi.
Dasturga kiritilgan eksportchi korxonalarga Eksportni qo'llab-quvvatlash jamg'armasidan eksportoldi va eksport bilan bog'liq savdo operatsiyalarini moliyalashtirishi uchun oxirgi 12 oydagi eksport hajmidan kelib chiqib quyidagi moliyaviy yordamlar ko'rsatiladi:
eksport hajmi 1 million dollardan 5 million dollargacha bo'lganda – 1 million dollargacha;
eksport hajmi 5 million dollardan 10 million dollargacha bo'lganda – 2 million dollargacha;
eksport hajmi 10 million dollardan 15 million dollargacha bo'lganda – 3 million dollargacha;
eksport hajmi 15 million dollardan 20 million dollargacha bo'lganda – 4 million dollargacha;
eksport hajmi 20 million dollardan ortiq bo'lganda – 5 million dollargacha;
bitta xalqaro standartni joriy qilish va sertifikatni olishi uchun ularga 30 ming AQSH dollaridan ko'p bo'lmagan miqdorda.






