Yangi O'zbekistonda yangi sanoat davri

Prezidentimiz zavod qurilishida ishtirok etgan barcha muhandis va quruvchilarga, loyihani amalga oshirishga koʼmaklashgan xorijiy hamkorlarga minnatdorlik bildirdi.

"GTL zavodi va Shoʼrtan gaz-kimyo majmuasini kengaytirish boʼyicha loyihalar Yangi Oʼzbekistonda yangi sanoat davrini yaratish yoʼlidagi ilk yirik qadamlarimizdan biridir.

Biz qancha ogʼir boʼlmasin, mamlakatimizni rivojlangan davlatlar qatoriga olib chiqish va xalqimiz uchun munosib turmush darajasini yaratish yoʼlida marrani baland olib ishlash va yashashga oʼrgandik.

Yangi yil ostonamizda eshik qoqib turgan ushbu quvonchli lahzalarda, barcha yutuqlarimizning ijodkori va bunyodkori boʼlgan mehnatkash, mard va olijanob xalqimizga, sanoat sohasining jonkuyar va fidoyi ishchi-xodimlariga chuqur ehtirom bilan taʼzim qilaman", dedi davlatimiz rahbari va barchani kirib kelayotgan yangi – 2022 yil bilan muborakbod etdi.