Yangi O'zbekistonni tashrif qog'oziga aylangan sanoat maskani

Ma'lumki, "Bright Uzbekistan" xalqaro biznes jurnali o'z oldiga yurtimizning barcha sohalariga, jumladan, sanoat, iqtisod, ijtimoiy hayot, biznes, ta'lim yo'nalishlariga jadal kirib borishni hamda bu va boshqa sohalarda mamalakatimizda amalga oshirilayotgan ulkan transformatsiyalarni o'zining barcha qulay platformalarida yoritib borishni katta maqsad qilib olgan.

Bugun "Bright Uzbekistan" xalqaro biznes jurnali ijodiy jamoasi yana bir ko'pqirrali hamkorlik aloqalariga zamin yaratgan va uzoq kutilgan uchrashuvni amalga oshirdi.

Toshkent shahrining markaziy qismlaridan birida 106,5 gektar maydonni egallagan hamda qisqa fursat ichida haqli ravishda mamlakatimiz tashrif qog'ozi deya etirof etilayotgan MCHJ "TEXNOPARK" direktori Sarvar Axadov boshchiligidagi markaz boshqaruv vakillari hamda loyiha asoschisi Davron Abdullayev boshchiligidagi ijodiy jamoa o'rtasida istiqbolli uchrashuv bo'lib o'tdi.

Ma'lumki, «TEXNOPARK» MChJ - bu O'zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning mamlakatda yuqori texnologiyalar, raqobatdosh, eksportga yo'naltirilgan va import o'rnini bosuvchi ishlab chiqarish mahsulotlarini yaratish bo'yicha topshiriqlarining amaliy natijasidir.

Juda qiziq va ochiq tarzda bo'lib o'tgan uchrashuvda avvalo jamoa rahbari tomonidan loyiha bo'yicha qisqa taqdimot o'tkazildi. So'ngra, hamkorlik masalalari, kelajakda jozibali qo'shma loyihalarni amalga oshirish kabi mavzular muhokama etildi.

Uchrashuv davomida markaz rahbari tomonidan sohadagi qiziq va o'ziga hos bo'lgan muhim jihatlar, Markazning yurtimiz iqtisodiy holatiga ijobiy ta'siri hamda halqaro investerlar va ulkan gigant mavqeiga ega bo'lgan sarmoyadorlarda katta qiziqish uyg'otayatgoni haqida so'z bordi.

Uchrashuv hulosasi sifatida, biznesning ko'plab yo'nalishlarida hamkorlik qilish, har ikki tomonga ham ma'qbul yechim ekanligi ta'kidlandi.