“Yangi Oʼzbekiston islohotchisi” koʼkrak nishoniga kimlar munosib?

Mahallalardagi hokim yordamchilarining tashabbusi bilan 50 mingta oilaviy tadbirkorlik loyihalarini amalga oshirish uchun 1 trillion 300 milliard soʼm kredit va 20 milliard soʼm subsidiya ajratildi.
Natijada hududlarda 47 mingta yangi tadbirkorlar faoliyati yoʼlga qoʼyildi, 8 mingta kichik sanoat va servis loyihalari ishga tushirildi, 2,5 mingta korxona quvvatlari tiklandi va oshirildi.
“Oʼzbekiston tarixida birinchi marta bunday katta raqamlar amalda boʼlganini gapiryapmiz.
Mahallada tizim va sharoit yaratganimiz, albatta, qaysi tuman va shahar rahbarlari fidoyi boʼlib ishlagan boʼlsa, natija beryapti”, dedi Prezident.
Eng yaxshi natija koʼrsatgan 14 nafar hokim yordamchilarini mukofotlash, ijobiy natijaga erishgan 2 ming 943 nafar hokim yordamchilariga tashakkurnoma yuborish topshirildi. Ijobiy natija koʼrsatgan hokim yordamchilari va respublika vakillari “Yangi Oʼzbekiston islohotchisi” koʼkrak nishoniga munosib nomzodlar zaxirasi ekani koʼrsatib oʼtildi.






