Yangi qadam, yangi istiqbol - yangi hamkorlik

Bugun, 28-sentabr kuni “Bright Uzbekistan” xalqaro loyihasi asoschisi Davron Abdullaev “Koç Construction” kompaniyasi rahbari Yusuf Sarikoch bilan uchrashuv o’tkazdi.
Xabaringiz bor Turkiyaning qurilish sektoridagi yetakchi kompaniyalaridan biri bo’lgan, hozirgi kunda ko’plab davlatlarda shu jumladan O’zbekistonda ham o’z ofisiga ega bo’lgan Koç Construction kompaniyasi Bright Uzbekistan xalqaro loyihasining faol hamkorlaridan biri sanaladi.
Ta’kidlash joizki, jurnalimizning ilk soni uchun kompaniya rahbari bilan maxsus intervyu tashkil etilib, kuzatuvchilarimiz va o’quvchilarimiz e’tiboriga havola etilgan edi.
Bugungi uchrashuvda esa, loyihamiz asoschisi Davron Abdullaev va “Koç Construction” kompaniyasi rahbari Yusuf Sarikoch bir qancha masalalarni o’zaro muhokama qilib, hamkorlikdagi yangi qadamlar va kelgusidagi rejalar yuzasidan fikr almashdilar.
Yusuf Sarikoch uchrashuv davomida loyihamiz faoliyatini doimiy ravishda kuzatib borishini ta’kidlab, uni yuyqori baholadi. Shuningdek suhbat davomida “Koç Construction” hamda “Bright Uzbekistan” o’rtasida hamkorlik munosabatlarini butunlay yangi va yorqin formatda davom ettirish, kuzatuvchilarimiz va o’quvchilarimiz e’tiboriga kutilmagan hamda ajoyib yangilikni yetkazish borasida kelshuvga erishildi.






