Yangi qadam - yangi rejalar

2020-yilning 22-noyabr kuni Turkiy Davlatlar Tashkiloti Bosh kotib o’rinbosari Mirvoxid Аzimovga Bright Uzbekistan loyihasining onlayn taqdimoti namoyish etildi. Mirvoxid Аzimov tomonidan samimiy qarshi olingan ushbu loyiha Turkiy davlatlar tashkilotini yangi bosqichga olib chiqishda foydali platforma bo’lishi ta’kidlanib, o’zaro hamkorlik munosabatlarini o’rnatishga tayyor ekanliklari ma’lum qilindi.

Aynan shu kundan boshlab, loyihamiz siyosiy maydonga qadam qo’ydi va faoliyatini davlat bilan hamkorlikda amalaga oshirishga kirishdi.

Navbatdagi uchrashuvda esa, tez kunlarda jurnalning ikkinchi soniga start berilishi, Turkiyada @bright_uzbekistan loyihasining xalqaro maydondagi ilk ofisi ochilishi va navbatdagi jurnal muqovasida Turkiya Respublikasi Prezidenti Rejep Tayyip Erdoʼgʼon janoblarining foto suratlari aks etishi ma’lum qilinib, kelgusi rejalar bayon etildi.