Yangi Redmi Note smartfoni rekord darajadagi zaryadlanish tezligiga ega boʼladi

Redmi Note 12 seriyasidagi uchta smartfon Xitoyda 3C sertifikatini qabul qildi. Unga koʼra, 22101316C raqamli boshlangʼich model 67 Vt tezlikda, 22101316UCP model raqamli Redmi Note 12 Pro esa 120 Vt tezlikda zaryadlanishi maʼlum boʼldi.
Shuningdek, qatorda yana bir Pro model, Redmi Note 12 Pro+ (22101316UC) modeli ham boʼlib, berilgan maʼlumotlarga koʼra u 210 Vt tezlikda quvvatlanadi.
Taʼkidlash joizki, bugungi kunda iQOO 10 Pro smartfoni 200 Vt tezlikda, 0 dan 100 foizgacha 10 daqiqa ichida zaryadlanishi bilan eng tez quvvatlanadigan telefon deya qayd etilgan.
Xitoydagi Xiaomi Group prezidenti Lu Veybingning taʼkidlashicha, Redmi Note 11T smartfonlarida koʼproq tezlikka eʼtibor qaratilgan boʼlsa, Redmi Note 12 seriyasidagi smartfonlar innovatsiyalarga asoslangan boʼladi.






