Yangi tayinlangan Latviya elchisi bilan uchrashuv

2021-yilning 10-sentabr kuni O'zbekiston Respublikasi tashqi ishlar vaziri Abdulaziz Kamilov Latviya Respublikasining yangi tayinlangan Favqulodda va Muxtor elchisi Reynis Trokshni qabul qildi.

Ishonch yorliqlari nusxasini olib, vazir elchini mas'ul lavozimga tayinlangani bilan tabrikladi va ko'p qirrali O'zbekiston-Latviya hamkorligini yanada mustahkamlash borasidagi faol ishiga umid bildirdi.