Yangi transportlar texnik ko'rikdan o'tkazilmaydi

Yangi transportlar DYHXX organlarida ro'yxatdan o'tkazishda texnik ko'rikdan o'tkazilmaydi.

Transportlar quyidagi muddatlarda texnik ko'rikdan o'tkazilishi kerak:

yo'lovchilar tashuvchi yengil avtomobillar, avtobuslar, trolleybuslar, tramvaylar va o'rindiqlar soni 8 ta va undan ortiq bo'lgan, odamlar tashishga mo'jallangan yuk avtomobillari, maxsus transportlar va ularning tirkamalari – 1 yilda 2 marta;

ishlab chiqarilganiga 6 yildan ko'p bo'lmagan transportlar – 2 yilda 1 marta;

ishlab chiqarilganiga 6 yildan ko'p bo'lgan, ishlab chiqarilgan vaqti aniq bo'lmagan transportlar – 1 yilda 1 marta;

tirkamalar texnik ko'rikka transport vositasi – shatakchi uchun belgilangan muddatlarda;

navbatdagi texnik ko'rikdan o'tkazishning ilgari o'rnatilgan muddatlaridan qat'i nazar, ularni DYHXX organlarida ro'yxatdan o'tkazish vaqtida.

Yangi transportlar DYHXX organlarida ro'yxatdan o'tkazishda texnik ko'rikdan o'tkazilmaydi.