Joqorg‘i Kenes sessiyasida yangi Vazirlar Kegashi raisi tasdiqlandi

Prezident farmoniga muvofiq Qoraqalpog‘iston Respublikasi Joqorg‘u Kenes sessiyasida Nukusda yangi Vazirlar Kegashi raisi etib Farhod Ermanov tasdiqlandi.
Joqorg‘i Kenes sessiyasida Bosh vazir Abdulla Aripov hamda Prezident administratsiyasi rahbari Sardor Umurzakov ishtirok etishdi, deb xabar bermoqda Bright Uzbekistan manbaasi.
Ma'lumot o'rnida, Farhod Ermanov 1995-1998 yillarda Amudaryo tumani hokimi, 1998-2002 yillarda Amudaryo tumani "Mang‘it" xo‘jaligi raisi, 2002-2003 yillarda Amudaryo tumani hokimining qishloq va suv xo‘jaligi bo‘yicha birinchi o‘rinbosari, tuman qishloq va suv xo‘jaligi boshqarmasi boshlig‘i, 2003-2004 yillarda Amudaryo tumani qishloq va suv xo‘jaligi bo‘limi boshlig‘i bo‘lgan.
Shuningdek 2004-2010 yillarda Qoraqalpog‘iston qishloq va suv xo‘jaligi vaziri, 2010-2018 yillarda Beruniy tumani hokimi, 2018 yil 21 apreldan Xorazm viloyati hokimi vazifasini bajaruvchi sifatida ishlagan. 2018 yil 30 noyabrdan Xorazm viloyati hokimi etib tasdiqlangan.
Eslatib o'tamiz, avvalroq Qoraqalpog‘iston Vazirlar Kengashi Raisi lavozimini egallab kelgan Qahramon Sariyev prezidentning davlat xizmati, aholi bilan muloqot va mahalliy hokimiyat organlari faoliyatini muvofiqlashtirish masalalari bo‘yicha maslahatchisi birinchi o‘rinbosari lavozimiga tayinlangandi.






