Yangi Xorijiy tillar teleradiokanali tashkil etilmoqda

Hukumat qaroriga ko'ra "Foreign Languages" xorijiy tillar teleradiokanali tashkil etilishi ko'zda tutilmoqda.

Tez orada O'zbekiston milliy teleradiokompaniyasi tizimidagi "Oilaviy" telekanali qoshida xorijiy tillar teleradiokanali tashkil etiladi va kun davomida 24 soat xorijiy tillarda efirga uzatiladi.

Kunlik efirning 3 soati xorijiy tillarni onlayn o'rgatishga ajratiladi va bolalar uchun xorijiy televizion asarlar asl tilida titrlari bilan efirga uzatiladi.