Yangi yer usti piyodalar oʼtish yoʼli qurilishi sababli Ahmad Donish ko‘chasida transport harakati cheklanadi

Аhmad Donish koʼchasida (yangi Dinamo doʼkoni) yangi yer usti piyodalar oʼtish yoʼli qurilishi sababli, 29-iyul kuni soat 09:00 dan 18:00 ga qadar shu koʼchaning "Sulton" restoranidan avtomobil koʼprigigacha boʼlgan qismi transport vositalari harakati uchun yopiladi.






