Yanvar oyida isteʼmol sektoridagi tovarlar va xizmatlar oʼrtacha 0,8 % ga oshgan

Statistika agentligi maʼlumotlariga koʼra, 2023-yilning yanvar oyida isteʼmol sektoridagi tovarlar va xizmatlar oʼrtacha 0,8 % ga oshgan. Isteʼmol sektoridagi narxlarning yillik oʼsish darajasi 12,2 % ga yetdi.
2023-yilning yanvar oyida narxlar va tariflar oʼsishida yetakchi oʼrinlarni oziq-ovqat mahsulotlari egallab, oy davomida ularning narxlari oʼrtacha 1 foizga oshgan.
Qayd etilishicha hu davrda nooziq-ovqat tovarlari narxlari 0,6 % ga va aholiga pullik xizmatlar koʼrsatish 0,7 foizga oshgan.






