Yanvarda Oʻzbekistonning tashqi savdo aylanmasi 5 mlrd dollarga yetdi

2023-yilning yanvar oyida Oʻzbekistonning tashqi savdo aylanmasi 5 mlrd. AQSH dollarini tashkil etib, 2021-yilning yanvariga nisbatan 1,5 mlrd. AQSH dollariga yoki 42 % ga koʻpaydi.

Bu haqda Statistika agentligining ma’lum qildi. Oʻzbekistonning tashqi savdo aylanmasi hajmida eksport 2,1 mlrd. AQSH dollari va import 2,9 mlrd. AQSH dollarini tashkil etgan.

Shuningdek, Oʻzbekiston 2023-yilning yanvar oyida jahonning 134 ta mamlakati bilan savdo aloqalarini amalga oshirgan.