Yaponiya elchisi O‘zbekistondagi missiyasini yakunladi

O‘zbekistondagi missiyasini yakunlayotgan Yaponiya elchisi Yoshinori Fujiyamani Tashqi ishlar vaziri Vladimir Norov qabul qildi.
Yaponiyaning Oʻzbekistondagi elchisi Yoshinori Fujiyama oʻzining diplomatik missiyasini yakunlamoqda, deb xabar bermoqda Oʻzbekiston TIV matbuot xizmati.
Vladimir Norov O‘zbekiston-Yaponiya munosabatlarini mustahkamlashda elchining shaxsiy hissasini qayd etdi.
Yaponiya diplomati ko‘rsatilayotgan yordam va mamlakatdagi faoliyati uchun minnatdorlik bildirib, qanday lavozimda bo‘lishidan qat’i nazar, O‘zbekistonning yaqin do‘sti bo‘lib qolishini ta'kidladi.
Shuningdek O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning 2019-yil dekabr oyida Yaponiyaga rasmiy tashrifi ikki tomonlama munosabatlar tarixida yangi sahifa ochgani ta’kidlandi.
«Oliy darajada faol muloqot olib borilmoqda, parlamentlar, hukumatlar, vazirlik va idoralar, bank, moliya va ishbilarmon doiralar o‘rtasidagi almashinuvlarning ijobiy dinamikasi saqlanib qolmoqda.» -deb qayd etadi TIV matbuot xizmati.
Eslaib o'tamiz, Yoshinori Fujiyama 2019 yilning yozida Toshkentdagi elchi etib tayinlangan edi.






