Yaponiya elektr energiyasini tejash rejimini joriy qiladi

Yaponiya hukumati yetti yil ichida birinchi marta energiya tejash rejimini joriy qildi va fuqarolar hamda korxonalarni yoz uchun isteʼmolni kamaytirishga chaqirdi.

Bu qaror Yaponiyaning Okinava janubi va shimoldagi Xokkaydo orolidan tashqari deyarli barcha hududlarida kuchli jazirama toʼlqini boshlanishi bilan elektr quvvati zaxirasi koeffisienti 3,7 foizga yetib borishi mumkinligi sababli qabul qilindi.

Fuqarolarga tejamkorlik talabi issiqlik urishining oldini olish maqsadida konditsioner va boshqa elektr jihozlaridan foydalanishni nazarda tutayotgani tushuntirildi. Shu bilan birga, aholiga elektr energiyasini ikkilamchi maqsadlarda, jumladan, doʼkonlarda reklama lavhalari, yoritish moslamalari va televizorlar namoyishini kamaytirishga chaqirildi.