Yaponiya ikki yildan so’ng Fukusimadagi AESdan suvni okeanga tashlashga qaror qildi

Yaponiya "Fukusima-1" favqulodda atom elektr stantsiyasidan suvni Tinch okeaniga tashlashga qaror qildi. Mamlakat hukumati shu orqali AESning radioaktiv elementlardan tozalanishini ta'kidlab o’tdi. Shu bilan birga, Xitoy allaqachon Yaponiya atom elektr stantsiyasidan chiqqan suv dengiz muhitiga va qo'shni mamlakatlar aholisining sog'lig'iga salbiy ta'sir ko'rsatishi mumkinligidan ogohlantirgan edi.

Yaponiya "Fukusima-1" favqulodda atom elektr stansiyasidan (AES) tozalangan suvni ikki yildan so’ng Tinch okeaniga tashlashga qaror qildi. Bu haqda, Bosh vazir Yesihide Suga boshchiligidagi vazirlar mahkamasi yig'ilishida tasdiqlangan qarorga asoslanib xabar beradi Kyodo agentligi (https://english.kyodonews.net/news/2021/04/3b41a07d2e30-update1-japan-decides-to-release-water-from-fukushima-nuclear-plant-into-sea.html).

2011 yilda “Fukusima-1” atom elektr stansiyasida zilzila va sunami tufayli avariya sodir bo’lgan. Radiatsion qochqin tufayli 150 mingga yaqin odam evakuatsiya qilindi, 16 mingga yaqin odam tabiiy ofat tufayli vafot etdi. 2013 yilda stansiya yopildi. Suv atom stansiyalarida yadro reaktorlarini sovutish uchun ishlatiladi, ammo uni radioaktiv elementlardan to'liq tozalash mumkin emas. Hozirgi vaqtda suyuqlik stronsiyum, deyteriy va boshqa moddalardan tozalangan, ammo tritiy hali ham tarkibida mavjud.