Yaponiya O‘zbekistonga tibbiy konteyner topshirdi

1-avgust kuni Yaponiya hukumati iqtisodiy va ijtimoiy rivojlanishga beg‘araz yordam ko‘rsatish dasturi doirasida O‘zbekistonga kompyuter tomografiyasi uchun uchta skaner va ilg‘or texnologiyalardan foydalangan holda ishlab chiqarilgan ko‘chma tibbiy-diagnostika konteynerini topshirdi.
Uskunalar chekka hududlardagi aholiga, shuningdek, tabiiy ofatlarda yordam ko‘rsatishga sarflanadi.
O‘zbekiston va Yaponiya 2020-yil iyun oyida dunyo koronavirus infeksiyasi inqiroziga duch kelgan bir paytda 500 mln iyen (taxminan 4,6 mln dollar)lik bepul yordam ko‘rsatish bo‘yicha almashuv notalarini imzolagandi.
Loyihadan ko‘zlangan maqsad yuqumli kasalliklar tarqalishiga qarshi kurashish, mamlakatda sog‘liqni saqlash va tibbiyot tizimini mustahkamlashdan iborat.






