Yaponiya "Osiyo kubogi-2023"ga mezbonlik qilishi mumkin

Yaponiya futbol assotsiatsiyasi (JFA) 2023-yilgi Osiyo kubogini oʼtkazish borasida norasmiy taklif oldi.

Eslatib oʼtamiz, Osiyo kubogi-2023 Xitoyda oʼtkazilishi belgilangan boʼlsa-da, koronavirus pandemiyasi boʼyicha mamlakatdagi epidemiologik qiyin vaziyat sababli mezbon turnirni oʼtkazishdan bosh tortdi.

Eslatib oʼtamiz, Osiyo kubogi-2019 Birlashgan Аrab Аmirliklarida oʼtkazilib, Qatarning chempionligi bilan yakunlangan edi.