Yaponiya Tashqi ishlar vaziri boshchiligidagi delegatsiya O'zbekistonga tashrif buyuradi

2022-yil 29-30-aprel kunlari Yaponiya Tashqi ishlar vaziri Yosimasa Hayashi boshchiligidagi delegatsiya O'zbekistonga tashrif buyuradi.
Bo'lajak uchrashuv va muzokaralar chog'ida O'zbekiston-Yaponiya munosabatlarining siyosiy, savdo-iqtisodiy, investitsiyaviy, transport-logistika va boshqa sohalardagi bugungi holati va rivojlanish istiqbollari muhokama qilinadi.






