Yaponiya tashqi ishlar vaziri o‘rinbosari boshchiligidagi delegatsiya Samarqandda

Tashrif davomida mehmonlar “Boqiy shahar” etnografik bog‘i, “Silk Road Samarkand” turistik markazi, “Ipak yo‘li” xalqaro turizm va madaniy meros universiteti bilan yaqindan tanishib, Samarqand shahrining qadimiy qismi bo‘ylab sayohat qildilar.

P.S. O‘zbekiston va Yaponiya o‘rtasidagi zamonaviy hamkorlik aloqalari 1992-yil 26-yanvar kuni ikki davlat o‘rtasida diplomatik munosabatlar o‘rnatilgach rivojlana boshlagan.