Yaponiya Tashqi ishlar vaziri Toshkentga keldi

Bugun, 29-aprel kuni Yaponiya Tashqi ishlar vaziri Yoshimasa Hayashi Toshkent shahriga keldi.

Yuqori martabali mehmonni O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vaziri Vladimir Norov kutib oldi.

Bo‘lib o‘tgan qisqa suhbat chog‘ida tashrif kun tartibidagi asosiy masalalar va rejalashtirilgan uchrashuvlarning amaliy jihatlari ko‘rib chiqildi.