Yaponiyada ilk kazino ochiladi

Yaponiya Osaka shahrida 13,5 mlrd dollarlik koʻngilochar markaz ochmoqchi. Uning tarkibida mamlakatning ilk kazinosi ham joy oladi, deya xabar bermoqda NASDAQ.

Unga koʻra, loyiha 2029-yilga amalga oshirilishi rejalashtirilgan boʻlib, 1,8 trln iyen boshlangʻich sarmoyani talab qiladi.

Maʼlumot uchun, uzoq yillar davomida Yaponiyada kazinolar faoliyati taqiqlab qoʻyilgandi. Biroq 2018-yilda sayyohlarni jalb qilish uchun poker va bakkarat kabi kazino oʻyinlariga ruxsat beriladigan qonun qabul qilindi.

Qurilishi rejalashtirilgan koʻngilochar maskanining asosiy ulushiga AQShning “MGM Resorts International” va mahalliy hamkor “Orix Corp 8591.T” egalik qilmoqda.