Yaponiyada Oʻzbekiston turizm salohiyatiga bag‘ishlangan risola chop etildi

Yaponiyaning “Silk Road travel” kompaniyasi tomonidan mamlakatimizning turizm salohiyatiga bag‘ishlangan yapon tilidagi risola chop etildi. Unda Samarqand, Buxoro, Xiva, Shahrisabz, Toshkentning tarixiy obidalari va sayyohlar uchun zarur bo‘lgan foydali ma’lumotlar, shaharlar xaritasi, milliy taomlar haqidagi ma’lumotlar, turli vaziyatlar uchun o‘zbek tilidagi muloqot namunalari keltirilgan.

O‘zbekiston Respublikasi Madaniyat va turizm vazirligi ma’lumotlariga ko‘ra, 2022-yilda Yaponiyadan O‘zbekistonga 10 mingdan ortiq sayyoh tashrif buyurgan. Joriy yilning fevral oyida Yaponiyaning Nagoya shahrida Toshkentning sayyohlik salohiyati taqdimoti bo‘lib o‘tdi.